Grand Global Study

GGS o’quv markazi 2016 yilda tashkil topgan. Markaz yosh bo’lishiga qaramay uning o’qituvchilar jamoasi bir necha yildan beri hamkorlik qilib kelishgan.

«GRAND GLOBAL STUDY» NTM 2002 yilda tashkil etilib, dastlab til kurslari va abiturientlar maktabi sifatida faoliyatni amalga oshirib kelgan. Joriy 2017 yilning oktyabr oyida «GRAND GLOBAL STUDY» NTM qayta tashkil etildi va «ILM MARKAZI»ga aylantirildi. «ILM MARKAZI»ning asosiy maqsadi mamlakatimiz mehnat resusrlarini, shu jumladan yoshlarni kasbiy tayyorgarligini oshirish, o’qitish va qayta tayyorlash, shu orqali ularni doimiy bandligini ta’minlash hisoblanadi. Hozirda «ILM MARKAZI» yoshlarni o’qitish, kasbga yo’naltirish, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Hozir markazda 9 xil yo’nalish bo’yicha kadrlar o’qitiladi. Tinglovchilar yoshi 6 yoshdan 60 yoshgacha bo’lganlarni qamram oladi.

Markazda abiterientlar maktabi, xorijiy va mahalliy tillar markazi, hunar maktabi, sport va raqs maktabi, bolajon markazi va biznes trening, hamda psixologik trening maktablari faoliyat ko’rsatmoqda. Ilm Markazida malakali kadrlar, ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchi va pedagoglar, trenerlar dars berib kelishadi. Ilm Markazi bandlikka ko’maklashish va aholini bandligini ta’minlash, mehnat bozorini malakali kadrlar bilan to’ldirish, ularni saviyasini va kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida, akademik litsey va kasb-hunar kollej talabalarini kasbga yo’naltirish va psixologik treninglar orqali abiturientlar maktabi, xorijiy tillarni o’qitish va xorijiy universitetlarga kirish testlariga tayyorlash, kasbiy tayyorgarlik kurslari orqali ularni bandligini ta’minlash uchun markazimiz xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.